15-modda. Dehqon xoʻjaligi tomonidan mahsulotlarni realizatsiya qilish tartibi
Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida (654-XII-son) · Sana: 03.07.1992 · Amalda
1. Oʻzi yetishtirgan mahsulotni tasarruf etishdan, shu jumladan uni oʻz ixtiyoriga koʻra isteʼmolchilarga sotishdan iborat mutlaq huquq dehqon xoʻjaligiga tegishlidir.
Dehqon xoʻjaligi mahsulot sifatiga doir amaldagi normativlar va standartlarga, qonunlarda belgilangan ekologik, sanitariya hamda oʻzga meʼyorlar va qoidalarga rioya etishi shart.
2. Dehqon xoʻjaligi oʻzi yetishtirgan mahsulotga mustaqil tarzda narx qoʻyadi.
3. Dehqon xoʻjaligi oʻzi yetishtirgan mahsulotni realizatsiya qilish uchun davlat, kooperativ korxonalari, birlashmalari, tashkilotlari va muassasalari bilan ixtiyoriylik asosida xoʻjalik shartnomalarini tuzishga haqlidir. Shartnomaga rioya qilmagan yoki uning talablari buzilgan taqdirda tomonlar amaldagi qonunlarda yoki shartnomada belgilangan tartibda mulkiy javobgar boʻladilar.
Dehqon xoʻjaligi yetishtirgan mahsulotlarni eksportga joʻnatish, shuningdek xorijiy mijozlar bilan hisob-kitob qilish qonunlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
