5-modda. Soliq boʻyicha imtiyozlar
Transport vositalari hamda boshqa oʻziyurar mashina va mexanizmlar egalaridan olinadigan soliq toʻgʻrisida (744-XII-son) · Sana: 09.12.1992 · Amalda
1. Transport vositalari hamda boshqa oʻziyurar mashina va mexanizmlar egalaridan olinadigan soliqdan quyidagilar ozod etiladilar:
davlat budjeti hisobida turadigan muassasa va tashkilotlar;
paxta terish, don yigʻish kombaynlari hamda boshqa maxsus kombaynlar egalari;
shaharlarda (taksidan tashqari) va shahar atrofiga qatnab yoʻlovchilar tashuvchi umumfoydalanishdagi avtotransport korxonalari;
Ulugʻ Vatan urushining qatnashchilari, Vatanni himoya qilish boʻyicha boshqa jangovar operatsiyalarda, harbiy qismlarda, shtablarda va harakatdagi armiya tarkibiga kiruvchi muassasalarda xizmatini oʻtagan harbiy xizmatchilar, shuningdek sobiq partizanlar, baynalmilalchi jangchilar jumlasidan boʻlmish shaxslar;
qoʻl bilan boshqariladigan motokolyaskasi va avtomobili bor nogironlar.
Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida turistik faoliyat bilan shugʻullanuvchi yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar, tashkil etilgan paytdan boshlab dastlabki foyda olgunga qadar boʻlgan davrda, ammo davlat roʻyxatidan oʻtgan paytidan eʼtiboran uzogʻi bilan uch yil muddatga.
Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi hamda Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash fondi ular davlat roʻyxatidan oʻtgan paytdan eʼtiboran besh yil davomida.
2. Soliq:
a) yoʻllarni taʼmirlash va qaramogʻida saqlash ishlarida band boʻlgan yoʻl xoʻjaligi korxonalari hamda tashkilotlarining transport vositalari va mexanizmlari uchun;
b) davlat dasturlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari uchun kadrlar tayyorlashda foydalaniladigan transport vositalari va mexanizmlari uchun undirilmaydi.
