“Oʻzbekiston Respublikasida Xalq deputatlarining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga oʻzgartishlar kiritish haqida (635-XII-son)
02.07.1992
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
“Oʻzbekiston Respublikasida xalq deputatlari maaqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
birinchi qismidagi “SSJI” degan soʻz “Oʻzbekiston Respublikasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
modda quyidagi mazmundagi IV qism bilan toʻldirilsin: “Alohida hollarda Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatining maqomi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qaroriga binoan muddatidan ilgari toʻxtatilishi mumkin. Xalq deputati degan yuksak nomni obroʻsizlantiruvchi xatti-harakatlari, uning davlat tuzilishi asoslarini qoʻporishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralarining qonunga muvofiq qabul qilingan qarorlariga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga qarshi qaratilgan gʻayrikonstitutsiyaviy xatti-harakatlarni sodir etishi yoki shunday xatti-harakatlarga daʼvat etishi shunday masalaning qarab chiqilishi uchun asos boʻlishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Deputatlik odobi komissiyasi va Inson huquqlari qoʻmitasining fikrini hisobga olgan holda qabul qilinadi”.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 2-iyul,
635-XII-son
