Shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida (1730-son)
20.10.2007
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRINING
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 20-oktabrda 1730-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada dori-darmonlar va tibbiy buyumlar bilan taʼminlashni va ularni taqsimlashni yaxshilashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 1994-yil 6-avgustdagi 404-son qarorini bajarish maqsadida buyuraman:
1. “Shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalarining roʻyxati” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 25-sentabr,
422-son
Cogʻliqni saqlash vazirining 2007-yil 25-sentabrdagi 422-sonli buyrugʻiga ILOVA
Shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalarining roʻyxati
(roʻyxat Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 2008-yil 29-avgustdagi 390-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1730-1, 09.09.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 37-38-son, 388-modda)
