Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida (222-son)
23.10.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Birja savdolarida moddiy-texnika resurslarining strategik turlarini sotishda shartnoma majburiyatlari bajarilishi uchun javobgarlikni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 10-modda) 2-bandining yettinchi xatboshidagi “2” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 23-oktabr,
222-son
