Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarga penya hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (1724-son)
09.10.2007
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
QARORI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 9-oktabrda 1724-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 ( I )-son), Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 24-avgustdagi PF–4354-son “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 34-35-son, 344-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarga penya hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 11-sentabr,
2007-54-son
Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 11-sentabrdagi 2007-54-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarga penya hisoblash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son) va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda toʻlanmagan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha penya hisoblash va undirish tartibini belgilaydi hamda zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyati yuklatilgan jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalariga (bundan keyingi oʻrinlarda — soliq toʻlovchilar) taalluqlidir.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar — Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga yoʻnaltiriladigan majburiy pul toʻlovlari;
ortiqcha toʻlangan summa — soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻlangan hamda toʻlash uchun hisoblangan summasi oʻrtasidagi ijobiy farq summasi;
soliq toʻlovchining shaxsiy kartochkasi — soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning, shuningdek penya va jarimalarning hisoblangan hamda toʻlangan summalarining hisobi yuritiladigan belgilangan shakldagi hujjat;
soliq qarzi — soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarz summasi, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan muddatida toʻlanmagan moliyaviy sanksiyalar;
penya — soliq qarzi summasidan, belgilangan toʻlov muddatidan keyingi kundan boshlab toʻlangan kunga qadar, toʻlov kunini ham oʻz ichiga olgan davr uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda hisoblab yoziladigan moliyaviy sanksiya.
2. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlov turlari boʻyicha penya hisoblash uchun joylardagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchining shaxsiy kartochkasi ochiladi.
3. Soliq qarzi summasining ortiqcha toʻlangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlardan oshgan qismiga penya hisoblash uchun soliq toʻlovchining shaxsiy kartochkalarida har bir soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlari (jismoniy shaxslar daromad soligʻi bundan istisno) boʻyicha barcha operatsiyalar qoldiq summalari aks ettirilgan holda operatsiyalar amalga oshirilgan (soliq toʻlovchining shaxsiy kartochkalarida yozuvlarni yuritish) sanaga yoziladi.
II. Penya hisoblanishi
4. Penya soliq toʻlovchilarning shaxsiy kartochkalarida aks ettirilgan, soliq qarzi summasidan toʻlov muddati tugagan kundan boshlab har bir kechiktirilgan kun uchun 0,033 foiz miqdorida hisoblanadi.
Misol:
* “+” — ortiqcha toʻlangan summa boʻyicha qoldiq;
“–” — soliq qarzi boʻyicha qoldiq.
Keltirilgan misoldan kelib chiqib hisoblangan penya summasi 1 815 soʻmni (220000 x 25 kun x 0,033%) tashkil etadi.
5. Soliq qarzi summasining soliq toʻlovchi tomonidan ortiqcha toʻlangan summa miqdoriga teng qismiga penya hisoblanmaydi. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha ortiqcha toʻlangan summalar mavjudligi davlat soliq xizmati organlari tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Misol:
* “+” — ortiqcha toʻlangan summa boʻyicha qoldiq;
“–” — soliq qarzi boʻyicha qoldiq.
Keltirilgan misoldan kelib chiqib, jami soliq qarzi va ortiqcha toʻlangan summalar teng qiymatni, yaʼni nol qoldiqni tashkil qiladi, mos ravishda penya hisoblanmaydi.
6. Jami ortiqcha toʻlangan summalar soliq qarzi summalaridan oshib ketganda penya hisoblanmaydi.
Misol:
* “+” — ortiqcha toʻlangan summa boʻyicha qoldiq;
“–” — soliq qarzi boʻyicha qoldiq.
Keltirilgan misoldan kelib chiqib, jami ortiqcha toʻlangan summa soliq qarzi summalaridan oshib ketadi, mos ravishda penya hisoblanmaydi.
7. Hisoblangan penya summasi soliqlar va boshqa majburiy toʻlov turlari boʻyicha har bir soliq va majburiy toʻlov boʻyicha soliq qarzi summalarining jami soliq qarzi summasidagi ulushidan kelib chiqib taqsimlanadi.
Misol:
* “+” — ortiqcha toʻlangan summa boʻyicha qoldiq;
“–” — soliq qarzi boʻyicha qoldiq.
Bu misolda 160 000 soʻm soliq qarzi qoldiq summasiga 1 320 soʻm miqdorida hisoblangan penya summasi, qoʻshilgan qiymat soligʻi (23,5%) va foyda soligʻi (76,5%) boʻyicha soliq qarzi summalarining jami soliq qarzi summasidagi ulushlariga mos ravishda taqsimlanadi.
8. Penya miqdori tegishli soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha soliq qarzi summasidan oshib ketishi mumkin emas.
1-misol:
Soliq toʻlovchi 01.02.2012-y. holatiga foyda soligʻi boʻyicha 500 000 soʻm soliq qarziga ega va shu summaga hisoblangan penya summasi 80 000 soʻmni tashkil etadi. Soliq toʻlovchi 10.02.2012-y. kuni foyda soligʻi boʻyicha 300 000 soʻm soliq qarzini qopladi, mos ravishda, soliq qarzi summasi shu kunga 200 000 soʻmni tashkil qildi. Dyemak, 01.02.2012-yildan 10.02.2012-y. (shu kun ham hisob-kitobda inobatga olingan holda) davriga 1 650 soʻm penya hisoblanib, jami penya summasi 81 650 soʻmni tashkil etdi.
2-misol:
Keltirilgan 1-misoldagi soliq toʻlovchi boʻyicha 10.02.2012-y. holatiga foyda soligʻidan soliq qarzi 200 000 soʻmni, hisoblangan penya 81 650 soʻmni tashkil etdi. Soliq toʻlovchi 15.02.2012-y. kuni foyda soligʻi boʻyicha 150 000 soʻm soliq qarzini qopladi, mos ravishda, shu kunga soliq qarzi summasi 50 000 soʻmni hosil qildi. Dyemak, 11.02.2012-yildan 15.02.2012-y. (shu kun ham inobatga olinadi) davriga 330 soʻm penya hisoblanib, yakuniy penya summasi 81 980 soʻmni tashkil qildi. 16.02.2012-yildan boshlab penya hisoblanmaydi, sababi ilgari hisoblangan penya summasi soliq qarzini qoldiq summasidan (200 000 soʻm — 150 000 soʻm = 50 000 soʻm) oshib ketadi.
9. Hisoblangan penya summasi soliq qarzi mavjud soliqlar va boshqa majburiy toʻlov turlari boʻyicha taqsimlanadi, lekin ilgari hisoblangan penya summasi soliq qarzi summasiga teng yoki oshib ketgan soliq turlari boʻyicha soliq toʻlovchining shaxsiy kartochkalarida aks ettirilmaydi.
Misol:
* “ +” — ortiqcha toʻlangan summa boʻyicha qoldiq;
“ –” — soliq qarzi boʻyicha qoldiq..
11. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 11-sentabr
