“5-modda. Chet el investitsiyalarining huquqiy rejimi
“Oʻzbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (628-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari davlat-huquqiy himoyasi bilan taʼminlanadilar. Chet el investitsiyalarining huquqiy rejimi Oʻzbekiston Respublikasining shunga oʻxshash korxonalari, tashkilotlari va fuqarolari uchun belgilangan tegishli rejimga qaraganda noqulay boʻlishi mumkin emas.
Iqtisodiyotning nufuzli tarmoqlariga yoʻllanadigan chet el investitsiyalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi qoʻshimcha imtiyozlar belgilashi mumkin”.
5. 6-moddada:
ikkinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq litsenziya olish kerak boʻlgan faoliyat turlari bilan shugʻullanish uchun chet ellik investor Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi belgilab beradigan tartibda litsenziya olishi shart”.
6. 7-modda chiqarib tashlansin, moddalarning tartib raqami ham shunga muvofiq oʻzgartirilsin:
8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26, 27, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 36, 37, 38, 39, 40 va 41-moddalar tegishincha 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26, 27, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 36, 37, 38, 39 va 40-modda deb hisoblansin.
7. 7-moddada:
birinchi qismdan “Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qism chiqarib tashlansin;
uchinchi qism ikkinchi qism deb hisoblansin;
toʻrtinchi qism chiqarib tashlansin.
8. 9-moddada:
ikkinchi qismning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining davlat idoralari chet ellik investorlarning huquqlarini kamsituvchi normativ hujjatlar qabul qilgan taqdirda, ularga yetkazilgan zarar ana shu idoralar tomonidan sud yoʻli bilan toʻlanadi”;
toʻrtinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat idoralari va ularning mansabdor shaxslari chet ellik investorlarning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq holda amalga oshirayotgan xoʻjalik faoliyatiga aralashishga haqli emas”.
