“15-modda. Chet el korxonasini ochish
“Oʻzbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (628-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Amalda
Bir yoki bir nechta chet el investori Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el korxonasini Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ochishi mumkin”.
15. 16-moddada:
birinchi qismdagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin.
16. 17-moddada:
birinchi qismdagi “Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida chetel investorlari ishtirokidagi korxonalarni tuzish uchun belgilangan shartlarga rioya etgan holda” degan soʻzlar “ushbu Qonun talablariga rioya etgan holda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
ikkinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning filiallari, vakolatxonalari va boshqa alohida boʻlinmalari ochilishi mumkin”.
17. 18-moddaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Korxonalarning xoʻjalik uyushmalari”
18. 20-moddada:
birinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona oʻzi ishlab chiqargan mahsulotni litsenziyasiz eksport qilishga va oʻzining ishlab chiqarish ehtiyojlari hamda ichki bozorda realizatsiya qilish uchun mahsulot import qilishga haqlidir. Oʻzi ishlab chiqargan, eksportga yetkazib beriladigan mahsulotni hamda oʻzining ehtiyojlari uchun korxona tomonidan import qilinadigan mahsulotni aniqlash tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tovar yaratilishining jahon amaliyotiga monand qoidalari asosida belgilab beradi”.
19. 23-moddada:
ikkinchi jumla quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soliqlarga doir qonunlarda nazarda tutilgan imtiyozlardan tashqari ularga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi soliq sohasida qoʻshimcha imtiyozlar berishi mumkin”.
20. 24-moddaning nomidagi “tekshirish” degan soʻz “nazorat qilish” deb va shu modda birinchi qismidagi “tekshiradilar” degan soʻz “nazorat qiladilar” deb oʻzgartirilsin.
21. 27-moddada:
ikkinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasidagi chet el korxonalari va qoʻshma korxonalar ixtirolarga patent olish hamda sanoat namunalarini joriy etishni Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qoʻyilgan tartibda amalga oshiradilar”.
