Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-700-son)
02.10.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-sonli Farmoniga muvofiq hamda tibbiyot muassasalari faoliyatini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida:
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi qoshida sogʻliqni saqlash tizimi rahbar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazuvchi doimiy faoliyatdagi komissiya 8-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
Quyidagilar attestatsiya komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
sogʻliqni saqlash tizimining rahbar xodimlarini har yili attestatsiyadan oʻtkazib turish, jumladan, ularning kasbiy tayyorgarlik va malaka darajasi boʻyicha egallab turgan lavozimiga munosibligini baholash;
Sogʻliqni saqlash vazirligi va uning hududiy organlaridagi kadrlar tarkibini yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlash chora-tadbirlarini koʻrish;
sogʻliqni saqlash tizimining birlamchi boʻgʻini va boshqaruv organlari rahbarlarining malakasi hamda kasbiy tayyorgarligi darajasini doimiy ravishda oshirib borish tizimini yaratish boʻyicha takliflar tayyorlash.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda attestatsiya komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomni, attestatsiyadan oʻtkazish tartibini, shuningdek attestatsiyadan oʻtkaziladigan sogʻliqni saqlash tizimi rahbar xodimlarining lavozimlari roʻyxatini tasdiqlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda yangi tashkil etilayotgan Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi, viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi, viloyat diagnostika markazi, tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi, shuningdek qishloq vrachlik punkti toʻgʻrisidagi nizomlar loyihalarini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
tibbiyot muassasalarida qon, uning komponentlari va preparatlarini tayyorlash, saqlash va xavfsizlik standartlariga hamda aholiga gematologik yordam koʻrsatish standartlariga rioya qilish ustidan nazoratni kuchaytirish toʻgʻrisidagi;
2008-yilning 1-yanvaridan boshlab qon ishlatish bilan bogʻliq boʻlgan barcha tibbiy muolajalarni koʻp marotaba qoʻllanilishi taqiqlangan buyum hamda asboblar roʻyxatini tasdiqlagan holda bir marotabalik tibbiy buyum va asboblardan foydalanishga oʻtkazish toʻgʻrisidagi;
2008—2010-yillarda gematologiya va qon quyish institutini, qon quyish stansiyalarini, OITS markazlarini zamonaviy laboratoriya va boshqa jihozlar bilan budjet mablagʻlari hamda xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari grantlarini jalb etish hisobidan mukammal taʼmirlash toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. Belgilansinki, xususiy tibbiyot muassasalari quyidagi majburiy talablar va shartlarni bajargan taqdirda aholiga xizmat koʻrsatish huquqiga ega:
tibbiyot muassasasi davolash faoliyatini faqat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga binoan muayyan turdagi ixtisos yoʻnalishi boʻyicha amalga oshiradi;
diagnostika va davolash asbob-uskunalaridan iborat zamonaviy moddiy-texnik bazaning mavjudligi;
muassasa shtatida turgan, tegishli ixtisos yoʻnalishi boʻyicha malaka toifasiga ega boʻlgan yuqori malakali vrach mutaxassislar diagnostika va davolash faoliyatini mustaqil ravishda olib borishi;
tibbiyot muassasasi faoliyatini faqatgina davolash jarayoni standartlariga javob beradigan bino va xonalarda tashkil etishi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining litsenziya berish va nodavlat muassasalari tomonidan koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlarning sifatini nazorat qilish boshqarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomni, shuningdek, tibbiyot faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi yangilangan nizomni tasdiqlasin va bunda Sogʻliqni saqlash vazirligining xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshirishning alohida reglamenti nazarda tutilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
uch oy muddatda yangi tashkil etilayotgan tuman tibbiyot birlashmalari, viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari, jumladan, viloyat koʻp tarmoqli bolalar tibbiyot markazlari, shuningdek, tibbiy diagnostika markazlarida kompleks inventarizatsiya oʻtkazsin va ularning moddiy-texnik bazasi holatini baholasin;
oʻtkazilgan inventarizatsiya natijalari boʻyicha 2008—2012-yillarda viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot va diagnostika markazlari, tuman tibbiyot birlashmalari hamda sanitariya-epidemiologiya xizmatlarini bosqichma-bosqich mukammal taʼmirlash va zamonaviy diagnostika hamda davolash asbob-uskunalari bilan jihozlash (qoʻshimcha jihozlash) Dasturi loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, bunda ushbu maqsadlar uchun xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari hamda qarzlarini jalb etish nazarda tutilsin;
tashkil etilayotgan respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, viloyat tibbiyot diagnostika markazlari, koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari, bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari binolarini rekonstruksiya qilish, ularning boʻlinmalarini bemorlarga tashxis qoʻyish va ularni davolash texnologiyalariga muvofiq maqbul tarzda joylashtirgan holda, Oʻzbekiston Respublikasining 2008 — 2012-yillardagi Investitsiya dasturlariga kiritsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi qoshida, mavjud maydonlardan, Markazning ishlab chiqarish-texnika va kadrlar salohiyatidan foydalangan holda, kardioxirurgiya boʻlimini tashkil etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda tibbiyot muassasalariga zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalarini uzoq muddat ijaraga beradigan, ustav kapitalini shakllantirish manbalari belgilangan ixtisoslashtirilgan lizing kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 22-yanvardagi F-2658-sonli farmoyishi bilan tuzilgan Ishchi guruhning sogʻliqni saqlash tarmogʻini va shifoxonalardagi oʻrinlar sonini, shu jumladan kam quvvatli tibbiyot muassasalarini tugatish yoki tegishli shifoxonalarning boʻlimlariga aylantirish hisobiga maqbullashtirish toʻgʻrisidagi taklifi 9-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
klinik ordinatura orqali shifokor xodimlar malakasini oshirish va kasb mahoratini takomillashtirishni;
tibbiyot muassasalarining bosh shifokorlari va ularning oʻrinbosarlarini tibbiyot muassasalari menejmenti boʻyicha qisqa muddatli maxsus kurslarda oʻqitishni nazarda tutuvchi tibbiyot kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
14. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimida boshqarishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 14-yanvardagi 18-sonli qarorining 1-bandi, 1 va 7-ilovalari;
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-sonli qarorining 2-ilovasi.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Qosimov va R.S. Azimov zimmalariga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 2-oktabr,
PQ-700-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 2-oktabrdagi PQ-700-son qaroriga 8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi qoshida attestatsiyadan oʻtkazuvchi doimiy faoliyatdagi komissiya
TARKIBI
F.G. Nazirov — sogʻliqni saqlash vaziri, Komissiya raisi N.U. Sharapov — sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari, Komissiya raisining oʻrinbosari A.I. Kamilov — sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari B.B. Alimuxamedov — mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov — moliya vaziri oʻrinbosari R.M. Shoabdurahmonov — iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari R.D. Qurbonov — Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya tibbiyot markazi direktori O.M. Islamova — Sogʻliqni saqlash vazirligi nazorat inspeksiyaning boshligʻi Sh.X. Xashimov — Sogʻliqni saqlash vazirligining davolash-profilaktika yordamini tashkil etish Bosh boshqarmasi boshligʻi K.T. Yadgarova — Sogʻliqni saqlash vazirligining onalik va bolalikni muhofaza qilish Bosh boshqarmasi boshligʻi N.V. Sharipova — Sogʻliqni saqlash vazirligining Sanitariya-epidemiologiya nazorati bosh boshqarmasining sanitariya-gigiyena boʻlimi boshligʻi M.N. Akbarov — professor, Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya tibbiyot markazi boʻlinmasi mudiri, Sogʻliqni saqlash vazirligining bosh jarrohi S.P. Abdullayev — professor, Toshkent tibbiyot akademiyasi boʻlinmasi mudiri, Sogʻliqni saqlash vazirligining bosh terapevti
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 2-oktabrdagi PQ-700-son qaroriga 9-ILOVA
Tugatilayotgan yoki tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonalari boʻlinmalariga aylantirilayotgan kam quvvatli tibbiyot muassasalari
ROʻYXATI
T/r Muassasalarning nomlanishi Joylashgan joyi Izoh 1. Chimboy tumani silga qarshi dispanseri Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Chimboy shahri tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi 2. Chimboy tumani teri-tanosil kasalliklari dispanseri Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Chimboy shahri tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi 3. “Qilichboy” qishloq kasalxonasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Amudaryo tumani tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi 4. “Oʻzbekiston” qishloq kasalxonasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Amudaryo tumani tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi 5. “Qipchoq” qishloq kasalxonasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Amudaryo tumani tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi 6. “Shege” qishloq kasalxonasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Moʻynoq tumani tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi 7. Qoʻngʻirot tumani teri-tanosil kasalliklari dispanseri Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qoʻngʻirot tumani tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi 8. “Jalpok yab” qishloq kasalxonasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Kegeyli tumani tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi 9. “Vodnik” shahar kasalxonasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xoʻjayli tumani ambulatoriya — QVP ga, kasalxona — tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi 10. Xoʻjayli tumani teri-tanosil kasalliklari dispanseri Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xoʻjayli tumani tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi 11. “A. Durdiyev” qishloq kasalxonasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toʻrtkoʻl tumani tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi 12. “Miskin” qishloq kasalxonasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toʻrtkoʻl tumani tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi 13. “Tazo bogʻ” qishloq kasalxonasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Ellikqalʼa tumani tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi 14. Baliqchi tumani silga qarshi dispanseri Andijon viloyati, Baliqchi tumani tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi 15. Baliqchi tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasi Andijon viloyati, Baliqchi tumani tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi 16. Gʻijduvon tumani teri-tanosil kasalliklari dispanseri Buxoro viloyati, Gʻijduvon shahri tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi 17. Shofirkon tumani teri-tanosil kasalliklari dispanseri Buxoro viloyati, Shofirkon shahri tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi 18. “Qizilravat” qishloq kasalxonasi Buxoro viloyati, Romitan tumani tugatiladi 19. “Kovchin” reabilitatsiya shifoxonasi Qashqadaryo viloyati, Gʻuzor shahri tugatiladi 20. Uchquduq tumani silga qarshi dispanseri Navoiy viloyati, Uchquduq tumani tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi 21. Xatirchi tumani Bolalar yuqumli kasalliklari shifoxonasi Navoiy viloyati, Xatirchi tumani tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi 22. Tugʻruq kompleksi, Guliston shahri Sirdaryo viloyati, Guliston shahri tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi 23. Viloyat kirxonasi Sirdaryo viloyati, Guliston shahri tugatiladi 24. Boyovut tumani silga qarshi dispanseri Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi 25. Oltinsoy tumani 1-son shifoxonasi Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumani tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi 26. Oltinsoy tumani “Vaxshivor” qishloq kasalxonasi Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumani tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi 27. Jarqoʻrgʻon tumani teri-tanosil kasalliklari dispanseri Surxondaryo viloyati, Jarqoʻrgʻon tumani tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi 28. Uzun tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasi Surxondaryo viloyati, Uzun tumani tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi 29. Shoʻrchi tumani “Tolli” 1-son shifoxonasi Surxondaryo viloyati, Shoʻrchi tumani tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi 30. Olmaliq shahar teri-tanosil kasalliklari dispanseri Toshkent viloyati, Olmaliq shahri tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi 31. Angren shahar psixonevrologiya dispanseri Toshkent viloyati, Angren shahri tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi 32. Chirchiq shahar teri-tanosil kasalliklari dispanseri Toshkent viloyati, Chirchiq shahri tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi 33. Piskent tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasi Toshkent viloyati, Piskent tumani tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi 34. Margʻilon shahar teri-tanosil kasalliklari dispanseri Fargʻona viloyati, Margʻilon shahri tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi 35. Oltiariq tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasi Fargʻona viloyati, Oltiariq tumani tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi 36. Bogʻdod tumani silga qarshi dispanseri Fargʻona viloyati, Bogʻdod tumani tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi 37. Dangʻara tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasi Fargʻona viloyati, Dangʻara tumani tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi 38. Soʻx tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasi Fargʻona viloyati, Soʻx tumani tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi 39. Furqat tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasi Fargʻona viloyati, Furqat tumani tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi 40. Fargʻona tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasi Fargʻona viloyati, Fargʻona tumani tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi 41. XOSPIS kasalxonasi Xorazm viloyati, Urganch tumani tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi
