13-modda. Avtomobil yoʻllarini moliyalashtirish
Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida (O‘RQ-117-son) · Sana: 02.10.2007 · Amalda
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini moliyalashtirishga ajratilgan mablagʻlar belgilangan maqsadga ega boʻladi va tegishli avtomobil yoʻllarini taʼmirlash, saqlash hamda rivojlantirish bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun olib qoʻyilmaydi yoki sarflanmaydi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini, shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlarning va ovullarning koʻchalarini moliyalashtirish mahalliy budjet mablagʻlari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Xoʻjalik avtomobil yoʻllarini moliyalashtirish ular qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida boʻlsa, oʻsha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
