“Veterinariya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida (936-XII-son)
03.09.1993
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat veterinariya bosh boshqarmasini tuzish hamda bir oylik muddat ichida bu bosh boshqarma toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash;
uch oylik muddat ichida:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirishga oid takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga taqdim etish vazifalari topshirilsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirilgunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonun hujjatlarining ushbu Qonuniga zid boʻlmagan qismi qoʻllanilaveradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
1993-yil 3-sentabr,
936-XII-son
