“Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishiga doir masalalarni hal qilish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida (432-XII-son)
20.11.1991
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy-hududiy tuzilishiga doir masalalarni hal qilish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan boshlab amalga kiritilsin.
2. “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy-territorial tuzilishiga doir masalalarni hal qilish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1980-yil 26-dekabrdagi Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1991-yil 20-noyabr,
432-XII-son
