Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Birja va yarmarka savdosi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 15-apreldagi 174-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida (197-son)
19.09.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Savdoning zamonaviy shakllarini yanada rivojlantirish, birja va yarmarka savdosini ragʻbatlantirish, mahsulotlarni chetga chiqarishni tartibga solish va tovarlar eksportidan valyuta tushumlarini koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-apreldagi 174-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Tovar-xomashyo birjasi orqali yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan eksportga faqat erkin almashtiriladigan valyutaga sotiladigan tovarlar roʻyxatiga quyidagi mazmundagi 1-pozitsiya qoʻshilsin:
1—54-pozitsiyalar tegishli ravishda 2—55-pozitsiyalar deb hisoblansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 19-sentabr,
197-son
