Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2007-2010-yillarda xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 20-iyuldagi PQ-672-son qarori) (192-son)
12.09.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2007—2010-yillarda xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 20-iyuldagi PQ-672-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 12-sentabr,
192-son
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 12-sentabrdagi 192-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-iyundagi 245-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish tartibining 3-bandiga quyidagi mazmundagi “j” kichik bandi qoʻshilsin:
“j) davlat aktivlarini investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan bepul berishda investor tomonidan xorijiy valyutadagi pul mablagʻlari tarzida kiritiladigan va korxonaning alohida hisob raqamiga oʻtkaziladigan investitsiyalar”.
