198-2-modda. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish va Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali oʻtish qoidalarini qasddan buzishi
OʻzbekistonRespublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi kodeksida va Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jarima miqdorlarini qayta hisoblab chiqish tartibi haqida (751-XII-son) · Sana: 09.12.1992 · Amalda
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini qasddan buzishi, yaʼni Oʻzbekiston Respublikasida yashash huquqini beruvchi hujjatlarsiz yashashi yoki haqiqiy deb hisoblanmagan hujjatlar bilan yashashi, roʻyxatdan yoki propiskadan oʻtish yuzasidan belgilangan tartibga yoxud turar joyidan koʻchish va yangi turar joy tanlash boʻyicha belgilangan tartibga rioya qilmasligi, bu yerda yashash uchun belgilangan muhlat tugaganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasidan ketishdan boʻyin tovlashi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali oʻtish qoidalariga rioya qilmasligi, agar bunday shaxslar xuddi shu qoidalarni buzganliklari uchun bir yil davomida ilgari ham maʼmuriy jazoga tortilgan boʻlsalar,—
bir yildan uch yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.
II. Oʻzbekiston Respublikasining 1959-yil 21-maydagi qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1959-yil, № 2, 3-modda) 108-moddasida:
birinchi qismidagi “179-moddaning birinchi qismida” degan soʻzlardan keyin “179-3-moddada” degan soʻzlar kiritilsin;
uchinchi qismidagi “192-194-6” raqamlaridan soʻng “196-1”-raqami kiritilsin;
birinchi qismidagi “179-1, 180” raqamlari chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi qismidagi “197-1” raqamlaridan soʻng “198-1” raqamlari kiritilsin va “174”, “177-3” raqamlari chiqarib tashlansin.
III. Oʻzbekiston Respublikasining 1985-yil 13-dekabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1985-yil, № 35, 411-modda):
