322-modda. Hammaga maʼlum tovar belgisini huquqiy muhofaza qilish
“Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-111-son) · Sana: 19.09.2007 · Amalda
Hammaga maʼlum tovar belgisiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Apellatsiya kengashining qarori asosida huquqiy muhofaza beriladi.
Hammaga maʼlum deb eʼtirof etilgan tovar belgisi Patent idorasi tomonidan Hammaga maʼlum tovar belgilari roʻyxatiga kiritiladi.
Hammaga maʼlum tovar belgisiga taalluqli boʻlgan maʼlumotlar ular Hammaga maʼlum tovar belgilari roʻyxatiga kiritilganidan keyin Patent idorasining rasmiy axborotnomasida eʼlon qilinadi. Eʼlon qilinadigan maʼlumotlar tarkibi Patent idorasi tomonidan belgilanadi.
Hammaga maʼlum tovar belgisiga guvohnoma berish tovar belgisi Hammaga maʼlum tovar belgilari roʻyxatiga kiritilgan sanadan eʼtiboran oʻn kun ichida Patent idorasi tomonidan amalga oshiriladi. Guvohnomaning shakli va unda koʻrsatiladigan maʼlumotlar tarkibi Patent idorasi tomonidan belgilanadi.
Hammaga maʼlum tovar belgisining huquqiy muhofazasi muddatsiz amal qiladi”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 19-sentabr,
OʻRQ-111-son
