Bojxona nazorati hududini tashkil etish tartibiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida (470-1-son)
06.09.2007
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
QARORI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 6-sentabrda 470-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga 1997-yil 29-avgust 472-I-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 230-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) va Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi 2006, № 10, 536-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan 1998-yil 31-iyulda tasdiqlangan “Bojxona nazorati hududini tashkil etish Tartibi”ga (1998-yil 8-avgust, roʻyxat raqami 470) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun muddat oʻtgach amalga kiritilsin.
3. Qaror ijrosi taʼminlanishini nazorat qilish Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Sh. Xayrullayev zimmasiga yuklatilsin.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 20-avgust,
01-02/12-24-son
