Oʻzbekiston Respublikasining ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlarida taʼlim oluvchi imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun mutaxassisliklar va kasblar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida (1713-son)
04.09.2007
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGINING
QARORI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 4-sentabrda 1713-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-maydagi 100-sonli “Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari faoliyati toʻgʻrisida”gi qarorining 2-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasining ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlarida taʼlim oluvchi imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun mutaxassisliklar va kasblar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiritiladi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
Toshkent sh.,
2007-yil 4-iyul,
M-34-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori A. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 4-iyul,
84-05-27/PMK-son
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 4-iyul,
25-son
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 4-iyul,
9-son
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Iqtisodiyot vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2007-yil 4-iyuldagi M-34, 84-05-27/PMK, 25, 9-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlarida taʼlim oluvchi imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun mutaxassisliklar va kasblar
ROʻYXATI
(Roʻyxat imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi mutaxassisliklari va kasblari roʻyxatini belgilash uchun qoʻllaniladi)
1. Eshitish qobiliyati buzilgan: eshitish qobiliyati past va karlar uchun
Qarshi koʻrsatmalar: tovush oʻtkazishining buzilishi bilan bogʻliq karlik, nerv-sensor tizimi buzilishi bilan bogʻliq karlik, etiologiyasi aniqlanmagan karlik — ifodalangan jismoniy va asab-ruhiy zoʻriqish, eshitish va jamoa bilan muloqotda boʻlishni talab qiluvchi, jarohat olish xavfi bilan bogʻliq (balandlik, harakatlanuvchi mexanizmlar, yuqori kuchlanishdagi elektr quvvati) ishlar tavsiya etilmaydi.
2. Koʻz kasalliklari boʻyicha: koʻrlar va zaif koʻruvchi shaxslar uchun
Qarshi koʻrsatmalar: koʻz toʻr pardasining nuqsoni (0,1-0,05) bor shaxslar uchun — jismoniy zoʻriqish, noqulay, majburiy ish holati. Gavdani doimiy engashtirib turish. Noqulay havo harorati, zararli narsalar, yuqori ishlab chiqarish shovqini, siltanish, ultratovushlar, nurlanish, meʼyoridan past boʻlgan yorugʻlikda ishlash tavsiya etilmaydi.
Koʻrish nervining atrofiyasi bor shaxslar uchun — jismoniy va ruhiy zoʻriqish, noqulay ish jarayoni holati, noqulay ob-havo harorati, zararli narsalar, nurlanishning barcha turlari. Shovqin, siltanish, yuqori ultratovush. Meʼyoridan past yorugʻlik. Harakatlanuvchi agregatlar va uskunalar mavjud sexlarda ishlash hamda turli rangli obyektlarni talab qiluvchi obyektlarda ishlash tavsiya etilmaydi.
Tugʻma koʻz anomaliyasi (koʻrishning 0,2-0,3-0,4 darajalari) bor shaxslar uchun — noqulay ish jarayoni holati, noqulay ob-havo harorati, zararli narsalar, nurlanishning barcha turlari. Shovqin, siltanish, yuqori ultratovush. Meʼyoridan past yorugʻlik. Harakatlanuvchi agregatlari va uskunalari mavjud sexlarda ishlash hamda turli rangli obyektlarni talab qiluvchi obyektlarda ishlash tavsiya etilmaydi.
Tugʻma kataraktasi bor shaxslar uchun — zararli narsalar, nurlanishning barcha turlari. Ishlab chiqarish shovqini, siltalanish, yuqori ultratovush. Meʼyoridan past yorugʻlikda ishlash tavsiya etilmaydi.
3. Turli darajadagi aqli zaif shaxslar uchun
Kasallik turi boʻyicha nogironlikMutaxassislik kodi (tanlangan yoʻnalish boʻyicha mutaxassislik va kasb tasniflagichi)MutaxassislikKasb turiQoʻllanilish sohasiOligofreniya3520616Mexanik yigʻish ishlariMexanik yigʻish ishlari mexanigi Kesish asboblari charhlovchisi Ishlab chiqarish korxonalarida3522604Yogʻochga ishlov berish va mebel ishlab chiqarishYogʻochga ishlov berish va mebel ishlab chiqarish ustasi Mebellarni yigʻuvchi Mebellarni qoplovchi-pardozlovchiMebel ishlab chiqarishda 3540401Matbaa ishlab chiqarish jihozlari va texnologiyasiFalslash, qotirma, tikuv qoʻshma va kesish agregatlari texnigi Broshyuralar-muqovalash ishlab chiqarish operatoriPoligrafiya, ishlab chiqarish korxonalarida3540402Matbaa mashinalari va jihozlarini ishlatishMatbaa mashinalari mexanigi Taʼmirlovchi-chilangarPoligrafiya, ishlab chiqarish korxonalarida3540403Bosish jarayoni texnologiyasiOfset bosma bosuvchi Yuqori bosma bosuvchiPoligrafiya, ishlab chiqarish korxonalarida3540405Terish texnologiyasi va matn qoliplarini tayyorlashBosma qoliplar tayyorlash texnologi Matbaada kompyuterda terish operator-dizayneriPoligrafiya, ishlab chiqarish korxonalarida3540601Tikuvchilik ishlab chiqarishKeng turdagi kiyimlar tikuvchisiTikuvchilik sohasida3540602Poyabzal va charm galantereya ishlab chiqarishPoyabzal va charm-galantereya buyumlari tikuvchisi Ortopedik oyoq-kiyimlarini tikish va taʼmirlash poyabzalchisiOyoq-kiyim va charm-galantereya ishlab chiqarish sohasida3580201Qurilish ishlari Umum qurilish ishlari ustasi Poʻlat va temir-beton konstruksiyalarini oʻrnatish ustasiQurilish sohasida3580204Qurilish-pardozlash ishlariQurilish-pardozlash ishlari ustasi Qoplash, koshinkorlik, mozaikalash va marmarlash ishlari ustasiQurilish sohasida3580215Duradgorlik va parket ishlariDuradgorlik ishlari ustasi Parket ishlari ustasiQurilish sohasida3580301Bogʻ-park qurilishiBogʻ-park qurilishini tashkil etuvchi Koʻkalamzorlashtiruvchi Gulchi Oʻsimliklarni himoya qilish laborantiOʻsimlik va gul yetishtirish sohasida3580402Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlarini montaj qilish va taʼmirlashSuv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlarini montaj qilish va taʼmirlash texnigiUy-joy-kommunal xizmat xoʻjaligida3810104Umumiy ovqatlanishni tashkil etishUmumiy ovqatlanish texnologi Milliy taomlar oshpazi Chet el taomlari oshpazi Qandolatchi NonvoyOziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish sohasida 3810312FotografiyaRetushyor Foto-laborantFotolaboratoriya, fotostudiya, suratxonalar, bosmaxonalarda
Qarshi koʻrsatmalar: Oligofreniya — yuqori harorat va balandlikdagi ishlar. Har qanday xavf-xatar bilan bogʻliq ishlarda ishlash tavsiya etilmaydi.
4. Umumiy kasalliklardan nogironlar va tayanch-harakat tizimi buzilgan nogironlar uchun
Qarshi koʻrsatmalar: jismoniy zoʻriqish, ortiqcha harakat qilish, uzoq yurish, uzoq turib qolish, tez-tez engashib turish, majburiy ish holatida uzoq turish.
Umurtqa va suyak sili kasalliklariga: — jismoniy mehnatning barcha turlari, majburiy ish holati, gavdani engashtirib turish, umumiy siltanish, past va yuqori darajadagi issiqlik sharoiti. Oʻta asabiy-ruhiy zoʻriqish.
