Ayrim xizmatlarni koʻrsatayotgan yuridik shaxslar uchun daromad (foyda) soligʻi va yagona soliq toʻlovi boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1594-2-son)
28.08.2007
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
QARORI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 28-avgustda 1594-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 21-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2010-yilgacha boʻlgan davrda xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-640-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 21-son, 213-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2006-yil 20-iyundagi 54, 2006-28-son qarori bilan tasdiqlangan Ayrim xizmatlarni koʻrsatayotgan yuridik shaxslar uchun daromad (foyda) soligʻi va yagona soliq toʻlovi boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (2006-yil 17-iyul, roʻyxat raqami 1594 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 281-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 8-avgust,
75-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 8-avgust,
2007-50-son
