Mehnat organlariga boʻsh ish joylari (vakant lavozimlar)ning mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni va boʻshatilishi moʻljallanayotgan xodimlar haqidagi axborotni taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (858-2-son)
25.08.2007
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRINING
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 25-avgustda 858-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 6-apreldagi “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-616-sonli qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Mehnat vazirligi tomonidan 1999-yil 29-noyabrda 2080/04-1-son bilan tasdiqlangan hamda Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan 1999-yil 29-noyabrda 3-01/42, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi bilan 1999-yil 7-dekabrda 972, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan 1999-yil 16-dekabrda DJ-05/617 kelishilgan “Mehnat organlariga boʻsh ish joylari (vakant lavozimlar)ning mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni va boʻshatilishi moʻljallanayotgan xodimlar haqidagi axborotni taqdim qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga (1999-yil 22-dekabr, roʻyxat raqami 858) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b A. XAITOV
Toshkent sh.,
2007-yil 23-iyul,
M-38-son
