“Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunini amalga kiritish tartibi haqida (921-XII-son)
02.09.1993
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan paytdan boshlab amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oylik muddat ichida:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin;
Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari chiqargan, ushbu Qonunga zid boʻlgan normativ hujjatlar qayta koʻrib chiqilishi va bekor qilinishini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1993-yil 2-sentabr,
921-XII-son
