“Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida (O‘RQ-107-son)
05.09.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.12.2024
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 21-iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2007-yil 24-avgustda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi 822-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 219-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 311-modda; 2006-yil, № 4, 157-modda) 19-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Favqulodda holatlarda (harbiy harakatlar, zilzilalar, suv toshqinlari, yongʻinlar, epidemiyalar va boshqalar) telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish hamda ularni markazlashgan holda boshqarish, shuningdek ularning ishlashini cheklash yoki toʻxtatib qoʻyish huquqiga ega”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 5-sentabr,
OʻRQ-107-son
