Un va bulka nonining chakana narxlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida (384-son)
28.07.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Donni yetishtirish, sotib olishning qimmatlashishi, uni tashish va qayta ishlash xarajatlarining oshishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1994-yilning 1-avgustidan boshlab 1 kilogramm unning chakana narxi oʻrtacha 1,2 soʻm va 1 kilogramm bulka nonning chakana narxi 1 soʻm etib belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi unning va bulka nonning chiqarilayotgan turlarini hisobga olgan holda yangi chakana narxlari preyskurantlarini manfaatdor vazirliklarga va idoralarga yetkazsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil maydagi 274-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 28-iyul,
384-son
