Tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʻozlarni chiqarish, davlat roʻyxatiga olish va soʻndirish (bekor qilish) tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida (1216-5-son)
07.08.2007
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANK BOShQARUVI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLAShTIRISh VA NAZORAT QILISh MARKAZINING
QARORI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 7-avgustda 1216-5-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-iyuldagi PQ-670-sonli “Banklarning kapitallashuvini yanada oshirish va ularning iqtisodiyotni modernizatsiya qilishga doir investitsiya jarayonlaridagi ishtirokini faollashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Markaziy bank Boshqaruvi va Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi qaror qiladi:
1. “Tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʻozlarni chiqarish, davlat roʻyxatiga olish va soʻndirish (bekor qilish) tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga (2003-yil 12-fevral, roʻyxat raqami 1216 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil, 3-son) ilovaga* muvofiq qoʻshimcha kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2007-yil 21-iyul,
228-V-5-son
Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktori K. TOLIPOV
Toshkent sh.,
2007-yil 21-iyul,
04/18-371-son
