Ilmiy-texnik loyihalar tanlovi toʻgʻrisidagi nizomni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida (211-1-son)
03.08.2007
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI FAN VA TEXNOLOGIYALARNI RIVOJLANTIRIShNI MUVOFIQLAShTIRISh QOʻMITASI RAISINING
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 3-avgustda 211-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-avgustdagi PQ-436-sonli “Fan va texnologiyalar rivojlanishining muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 31-32-son, 311- modda) muvofiq buyuraman:
Fan va texnika davlat qoʻmitasining 1995-yil 18-dekabrdagi 33-son qarori bilan tasdiqlangan “Ilmiy-texnik loyihalar tanlovi toʻgʻrisida nizom” (1996-yil 3-yanvar, roʻyxat raqami 211) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari E. ZAXIDOV
Toshkent sh.,
2007-yil 25-iyul,
19-son
Kelishildi:
Moliya vaziri oʻrinbosari J. QOʻChQOROV
Toshkent sh.,
2007-yil 24-iyul
