Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari lavozimini kiritish toʻgʻrisida” 2007-yil 28-iyundagi PQ-661-son qarori) (168-son)
08.08.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari lavozimini kiritish toʻgʻrisida” 2007-yil 28-iyundagi PQ-661-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 8-avgust,
168-son
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-avgustdagi 168-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1995-yil 10-yanvardagi 10-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasida Valyuta va eksport-import operatsiyalarini nazorat qilish bosh boshqarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1996-yil 11-martdagi 88-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 3-son, 10-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini toʻliq yoki qisman oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1998-yil 16-apreldagi 161-son qaroriga 2-ilovaning 5-bandi.
