Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 26-oktabrdagi 218-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2007-yilning 1-avgustidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2007-yil 10-iyuldagi PF-3889-son Farmoni) (166-son)
07.08.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2007-yilning 1-avgustidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2007-yil 10-iyuldagi PF-3889-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 26-oktabrdagi 218-son qarorining 1-bandidagi “12420” raqami “15525” raqami bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 7-avgust,
166-son
