Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalterlik hisobi hisobvaraqlar rejasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (773-20-son)
17.09.2005
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 17-sentabrda 773-20-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining 7 va 51-moddalariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 5-avgustdagi PQ-147-sonli “Banklardagi depozit hisobvaraqlardan naqd pul toʻlovlarini uzluksiz taʼminlash kafolatlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 17-iyuldagi 15/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan (2004-yil 13-avgust, roʻyxat raqami 773-17. Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil avgust, 32-son, 369-modda) “Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi”ga ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova matni rus tilida berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Markaziy bank raisining oʻrinbosari A.Q. Qodirov zimmasiga yuklatilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2005-yil 20-avgust,
18/7-son
