“Muddatida toʻlanmagan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirib olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida (178-I-son)
22.12.1995
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Muddatida toʻlanmagan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirib olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hukumat qarorlarini “Muddatida toʻlanmagan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirib olish toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqlashtirsin;
Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari va idoralari “Muddatida toʻlanmagan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirib olish toʻgʻrisida”gi Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1995-yil 22-dekabr,
178-I-son
