“Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-106-son)
01.08.2007
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 22-fevralda qabul qilingan Senat tomonidan 2007-yil 29-iyunda maʼqullangan
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1,3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar) 10-moddasi birinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “xolislar sudi” degan soʻzlar “hakamlik sudi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustda qabul qilingan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi 670-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 170-modda) 36-moddasining oʻzbekcha matnidagi “hakamlar sudi” degan soʻzlar “hakamlik sudi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi 258-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda) oʻzbekcha matniga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 5-moddaning 8-bandidagi “xolislar sudining” degan soʻzlar “hakamlik sudining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 7-modda birinchi qismining 2-bandidagi “xolislar sudining” degan soʻzlar “hakamlik sudining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 27-modda birinchi qismining 2-bandidagi “xolislar sudining” degan soʻzlar “hakamlik sudining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Toshkent sh.,
2007-yil 1-avgust,
OʻRQ-106-son
