4-modda.
Muddatida toʻlanmagan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirib olish toʻgʻrisida (177-I-son) · Sana: 22.12.1995 · Amalda
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan toʻlovlarni va toʻlovlarga oid boqimandalarni undirib olish quyidagi hollarda soʻzsiz amalga oshiriladi:
1) soliq organining qaroriga muvofiq — soliqlar va davlat budjetiga boshqa majburiy toʻlovlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya va Respublika yoʻl jamgʻarmalariga majburiy toʻlovlar boʻyicha;
2) sudning qaroriga muvofiq — soliqlar va davlat budjetiga hamda davlat maqsadli jamgʻarmalariga boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha;
Tadbirkorlik subyektining oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami yigirma foizidan ortiq boʻlgan, muddatida toʻlanmagan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish unga undiriladigan summani undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran olti oy mobaynida oyma-oy boʻlib toʻlash imkoni berilgan holda amalga oshiriladi.
