Oʻzbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan respublika hududiga tovarlarni noqonuniy ravishda chetdan olib kelish, chetga olib chiqish hamda etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi bilan bogʻliq huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ichki ishlar idoralariga taqdim etish va yagona markazlashgan hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (1698-son)
Oʻzbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan respublika hududiga tovarlarni noqonuniy ravishda chetdan olib kelish, chetga olib chiqish hamda etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi bilan bogʻliq huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ichki ishlar idoralariga taqdim etish va yagona markazlashgan hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (1698-son)
19.07.2007
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh PROKURATURASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
QARORI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 19-iyulda 1698-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Respublika hududiga tovarlarni noqonuniy ravishda chetdan olib kelish, chetga olib chiqish hamda etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi bilan bogʻliq huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish, tahlil etish va ulardan amaliyotda foydalanish hamda yagona markazlashgan hisobini yuritish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oliy sudi, Milliy xavfsizlik xizmati, Bosh prokuraturasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan respublika hududiga tovarlarni noqonuniy ravishda chetdan olib kelish, chetga olib chiqish hamda etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi bilan bogʻliq huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ichki ishlar idoralariga taqdim etish va yagona markazlashgan hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2007-yil 8-iyun,
12-son
Oliy sud raisi B. MUSTAFOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 8-iyun,
Um-72-son
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Toshkent sh.,
2007-yil 8-iyun,
92-son
Bosh prokuror R. QODIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 8-iyun,
68-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 8-iyun,
01-02/12-15-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 8-iyun,
2007-45-son
Ichki ishlar vazirligi, Oliy sud, Milliy xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 8-iyundagi 12, Um-72, 92, 68, 01-02/12-15, 2007-45-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan respublika hududiga tovarlarni noqonuniy ravishda chetdan olib kelish, chetga olib chiqish hamda etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi bilan bogʻliq huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ichki ishlar idoralariga taqdim etish va yagona markazlashgan hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
§ 1. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Respublika hududiga tovarlarni noqonuniy ravishda chetdan olib kelish, chetga olib chiqish hamda etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi bilan bogʻliq huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ichki ishlar idoralariga taqdim etish va yagona markazlashgan hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasining ichki ishlar, milliy xavfsizlik xizmati, prokuratura, Davlat bojxona xizmati, Davlat soliq xizmati organlari va jinoyat ishlari boʻyicha sudlari (keyingi oʻrinlarda matnda vakolatli organlar deb yuritiladi) respublika hududiga tovarlarni noqonuniy ravishda chetdan olib kelish, chetga olib chiqish hamda etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi bilan bogʻliq huquqbuzarliklar (keyingi oʻrinlarda matnda huquqbuzarliklar deb yuritiladi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi, viloyatlar va Transport ichki ishlar Boshqarmalarida tuzilgan maxsus Ishchi guruhlariga (keyingi oʻrinlarda matnda Ishchi guruh deb yuritiladi) mazkur Nizomda belgilangan tartibda taqdim etadilar.
3. Respublika hududiga tovarlarni noqonuniy ravishda chetdan olib kelish, chetga olib chiqish hamda etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi bilan bogʻliq jinoyat va maʼmuriy huquqbuzarliklar qatoriga Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 182, 1861-moddalari va holat mazmuniga koʻra 188, 189-moddalarida koʻrsatilgan jinoyat tarkibi mavjud holatlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 186, 227-moddalari va holat mazmuniga koʻra 164, 166, 168, 176-moddalarida koʻrsatilgan maʼmuriy huquqbuzarlik tarkibi mavjud holatlar kiradi.
4. Vakolatli organlar tomonidan aniqlangan huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Yagona markazlashgan kompyuter axborot-maʼlumotlar bazasiga kiritiladi.
§ 2. Huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Yagona markazlashgan kompyuter axborot-maʼlumotlar bazasiga kiritish uchun taqdim etish tartibi
5. Vakolatli organlar aniqlangan huquqbuzarliklar boʻyicha belgilangan tartibda oʻz vakolatlari doirasida qonuniy chora koʻrganidan soʻng yoki qonuniy chora koʻrish uchun huquqbuzarliklarga oid hujjatlarni boshqa vakolatli organlarga yuborishda sodir etilgan huquqbuzarliklar boʻyicha maʼlumotlarni Ishchi guruhga ushbu Nizomda belgilangan tartibda taqdim etilishini taʼminlaydilar.
6. Vakolatli organlar aniqlangan huquqbuzarliklar boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida qonuniy chora koʻrganidan soʻng sodir etilgan huquqbuzarliklar boʻyicha maʼlumotlarni oʻn kunlik muddat ichida mazkur Nizomning 1-ilovasida berilgan shakldagi hisob varaqalariga kiritadi va Ishchi guruhga taqdim etadi.
7. Sodir etilgan huquqbuzarlik yuzasidan qonuniy chora koʻrish uchun huquqbuzarliklarga oid hujjatlar boshqa vakolatli organlarga yuborilgan taqdirda huquqbuzarliklar boʻyicha maʼlumotlar kiritilgan hisob varaq yuboriladigan hujjatlarga qoʻshib qoʻyiladi.
8. Ishchi guruhlar qabul qilib olingan hisob varaqalardagi maʼlumotlarni huquqbuzarliklar boʻyicha maʼlumotlar qayd etiladigan kompyuter axborot-maʼlumotlar bazasiga (keyingi oʻrinlarda matnda axborot-maʼlumotlar bazasi deb yuritiladi) kiritadi.
9. Vakolatli organlar tomonidan yuboriladigan huquqbuzarliklarga oid maʼlumotlar hisobining toʻgʻri yuritilishi, ularni taqdim etish tartibiga rioya qilinishi boʻyicha har chorakda vakolatli organlar va Ishchi guruhlari oʻrtasida maʼlumotlar taqqoslovi oʻtkaziladi.
10. Axborot-maʼlumotlar bazasiga kiritilgan huquqbuzarliklarga oid maʼlumotlar elektron shaklda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh Boshqarmasi, viloyatlar va Transport ichki ishlar boshqarmalaridagi Axborot markazlari orqali har kuni Ichki ishlar vazirligining Axborot markaziga uzatiladi.
11. Ichki ishlar vazirligining Axborot markazi respublika boʻyicha toʻplangan huquqbuzarliklar boʻyicha maʼlumotlarni umumlashtiradi va ularni Yagona markazlashgan kompyuter axborot-maʼlumotlar bazasiga kiritadi.
12. Yagona markazlashgan kompyuter axborot-maʼlumotlar bazasini hamda axborot-maʼlumotlar bazasini yuritish uchun Ichki ishlar vazirligining Kompyuter markazi tomonidan ishlab chiqilgan kompyuter dasturi Ichki ishlar vazirligining Axborot markazi hamda Ishchi guruhlardagi maxsus ajratilgan kompyuterlarga oʻrnatiladi.
Ishchi guruhlarning Ichki ishlar vazirligining Axborot markazi bilan oʻzaro elektron aloqasi va ushbu aloqaning uzluksiz boʻlishi Ichki ishlar vazirligining Kompyuter markazi tomonidan taʼminlanadi.
§ 3. Yagona markazlashgan kompyuter axborot-maʼlumotlar bazasiga kiritilgan huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanish tartibi
13. Ichki ishlar vazirligining Axborot markazi Yagona markazlashgan kompyuter axborot-maʼlumotlar bazasiga kiritilgan huquqbuzarliklar boʻyicha maʼlumotlarning hisobini yuritadi va ulardan foydalanishni taʼminlaydi.
14. Vakolatli organlar mazkur Nizomning 2-ilovasida berilgan shaklidagi talabnoma orqali shaxsning muqaddam xuddi shu turdagi huquqbuzarlik uchun maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilgan yoki tortilmaganligini aniqlash maqsadida Ishchi guruhlarga murojaat qiladi.
15. Ishchi guruh talabnomani olgan kundan boshlab 3 kunlik muddat ichida huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs haqida maʼlumotni Yagona markazlashgan kompyuter axborot-maʼlumotlar bazasi orqali tekshiradi va natijasini Nizomning 3-ilovasida berilgan shaklda vakolatli organga yuboradi.
16. Vakolatli organlar Ishchi guruhdan olgan maʼlumotlar asosida huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortish masalasini hal qiladilar.
Huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortish masalasini ular haqidagi maʼlumotlarni Yagona markazlashgan kompyuter axborot-maʼlumotlar bazasidan tekshirmasdan turib hal etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
§ 4. Masʼuliyat va javobgarlik
17. Ushbu Nizom talablariga qatʼiy rioya qilinishi va ularni toʻliq bajarilishi uchun vakolatli organlarning mansabdor shaxslari masʼuldirlar.
18. Har bir vakolatli organ tomonidan taqdim etilayotgan hisob varaqlaridagi maʼlumotlarning haqqoniyligi, toʻliqligi va belgilangan muddatlarda Ishchi guruhlarga taqdim etilishi ustidan nazorat vakolatli organning rahbari zimmasiga yuklatiladi.
19. Mazkur Nizom talablarini bajarmagan yoki belgilangan muddatlarda bajarmagan vakolatli organlarning mansabdor shaxslari belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Oʻzbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan respublika hududiga tovarlarni noqonuniy ravishda chetdan olib kelish, chetga olib chiqish hamda etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi bilan bogʻliq huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ichki ishlar idoralariga taqdim etish va yagona markazlashgan hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Tovarlarning noqonuniy olib kirilishi va olib chiqilishi hamda etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi bilan bogʻliq huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga yuritilgan
HISOB VARAQASI
1-Ilovaning orqa tomoni
Oʻzbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan respublika hududiga tovarlarni noqonuniy ravishda chetdan olib kelish, chetga olib chiqish hamda etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi bilan bogʻliq huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ichki ishlar idoralariga taqdim etish va yagona markazlashgan hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan respublika hududiga tovarlarni noqonuniy ravishda chetdan olib kelish, chetga olib chiqish hamda etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi bilan bogʻliq huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ichki ishlar idoralariga taqdim etish va yagona markazlashgan hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 29-30-son, 313-modda)