Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlarini tashkil etish samaradorligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-101-son)
12.07.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.04.2016
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 17-aprelda qabul qilingan Senat tomonidan 2007-yil 29-iyunda maʼqullangan
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Boj tarifi toʻgʻrisida”gi 470-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 228-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) 33-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“vakolatli organning yozma tasdigʻi boʻlgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish boʻyicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalari”.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 12-iyul,
OʻRQ-101-son
