Tugatilayotgan va sanatsiyalanayotgan korxonalar mol-mulkini kimoshdi savdosida sotishni tashkil qilish tartibini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (768-1-son)
12.07.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 12-iyulda 768-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-maydagi PQ–66-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi toʻgʻrisida nizomga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-apreldagi 188-sonli “Amalga oshirilayotgan iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy oʻzgartirish va moliyaviy sogʻlomlashtirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan “Tugatilayotgan va sanatsiyalanayotgan korxonalar mol-mulkini kimoshdi savdosida sotishni tashkil qilish Tartibi” (1999-yil 9-iyul, roʻyxat raqami 768) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULAShOV
Toshkent sh.,
2007-yil 2-iyul,
8-son
