Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga qoʻshimcha kiritish haqida (834-13-son)
05.07.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 5-iyulda 834-13-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 90-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, № 2, 36-modda), “Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 19-maydagi 129-sonli “Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 21-son, 149-modda; 34—36-son, 264-modda) muvofiq Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan 1999-yil 24-sentabrda tasdiqlangan “Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ga (1999-yil 3-noyabr, roʻyxat raqami 834 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-yil, 12-son ) ilovaga* muvofiq qoʻshimcha kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab, oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 22-iyun,
01-02/8-14-son
