Vazirlar Mahkamasining “Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat koʻrsatish huquqi uchun davlat boji miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2001-yil 24-oktabrdagi 421-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida 2010-yilgacha boʻlgan davrda xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2007-yil 21-maydagi PQ-640-son qarori) (137-son)
03.07.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida 2010-yilgacha boʻlgan davrda xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2007-yil 21-maydagi PQ-640-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat koʻrsatish huquqi uchun davlat boji miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2001-yil 24-oktabrdagi 421-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 10-son, 57-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 3-iyul,
137-son
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 3-iyuldagi 137-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat koʻrsatish huquqi uchun davlat boji miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2001-yil 24-oktabrdagi 421-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Qarorga ilovaning birinchi, ikkinchi, uchinchi va oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
2. Ilovaning izohiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Qishloq joylardagi aloqa va axborotlashtirish sohasi kichik tadbirkorlik subyektlariga:
qishloq joylardagi hajmi 2048 nomerdan ortiq boʻlgan mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etilmaydi;
qishloq joylarda shaharlararo va mahalliy telekommunikatsiyalar xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar bir paytda olinganda mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlari xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya davlat boji undirmasdan beriladi;
qishloq joylarda xalqaro, shaharlararo va mahalliy telekommunikatsiyalar xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar bir paytda olinganda shaharlararo va mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlari xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar davlat boji undirmasdan beriladi”.
