Sugʻurta agentlari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1213-1-son)
21.06.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 21-iyunda 1213-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 10-apreldagi PQ-618-son qarorining 7-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2003-yil 28-yanvardagi 19-son buyrugʻi asosida tasdiqlangan Sugʻurta agentlari toʻgʻrisidagi nizomga (2003-yil 1-fevral, roʻyxat raqami 1213 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 3-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab, oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 31-may,
63-son
