Akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalari (markazlari) faoliyatini inspeksiya nazoratidan oʻtkazish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1472-1-son)
20.06.2007
OʻZBEKISTON STANDARTLAShTIRISh, METROLOGIYA VA SERTIFIKATLAShTIRISh AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 20-iyunda 1472-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi 235-sonli qaroriga asosan buyuraman:
1. “Oʻzstandart” agentligi Bosh direktorining 2005-yil 1-fevraldagi 24-OS/AIL-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan (2005-yil 20-aprel, roʻyxat raqami 1472) Akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalari (markazlari) faoliyatini inspeksiya nazoratidan oʻtkazish qoidalariga ilovaga* asosan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan vaqtdan boshlab, oʻn kun oʻtganidan soʻng kuchga kiradi.
“Oʻzstandart” agentligi Bosh direktori v.b. A. ABDUVALIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 21-may,
245-son
