Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari lavozimini kiritish toʻgʻrisida (PQ-661-son)
28.06.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Davlat soliq xizmati organlari zimmasiga qoʻshimcha vazifalar yuklatilishi munosabati bilan:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari lavozimi kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qoʻshimcha kiritilgan shtat birligi uchun budjet mablagʻlari ajratilishini nazarda tutsin va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi xizmat avtomashinalari limitini qayta koʻrib chiqsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 28-iyun,
PQ-661-son
