4-modda. Soliq imtiyozlari
Qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalardan olinadigan soliq toʻgʻrisida (1056-XII-son) · Sana: 05.05.1994 · Amalda
Qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalardan olinadigan soliqni toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadilar:
aksiyadorlik jamiyati tomonidan ilk bor chiqarilgan aksiyalarni bu jamiyat davlat roʻyxatiga olingan paytdan eʼtiboran sotib oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar;
mijozning hisobidan va uning topshirigʻiga binoan qimmatli qogʻozlar bilan belgilangan tartibda vositachilik operatsiyalarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;
Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida turistik faoliyat bilan shugʻullanuvchi yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar, tashkil etilgan paytdan boshlab dastlabki foyda olgunga qadar boʻlgan davrda, ammo davlat roʻyxatidan oʻtgan paytidan eʼtiboran uzogʻi bilan uch yil muddatga.
