34-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini denonsatsiya qilish yoki toʻxtatish toʻgʻrisidagi qoidalari boʻlmagan shartnomadan chiqish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida (172-I-son) · Sana: 22.12.1995 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida uni toʻxtatish toʻgʻrisida qoida boʻlmasa va uni denonsatsiya qilish yoki undan chiqish nazarda tutilmagan boʻlsa, bu shartnoma denonsatsiya qilinmaydi va undan chiqishga yoʻl qoʻyilmaydi, agar:
1) xalqaro shartnoma ishtirokchilari shartnomani denonsatsiya qilish yoki undan chiqish imkoniyatini yaratish niyatida boʻlganlari belgilab qoʻyilgan boʻlsa;
2) shartnoma xususiyati uni denonsatsiya qilish yoki undan chiqish huquqini nazarda tutmaydigan boʻlsa.
Oʻzbekiston Respublikasi shartnomani denonsatsiya qilish yoki undan chiqish niyatini kamida oʻn ikki oy oldin xabar qiladi.
