30-modda. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining matnlarini saqlash va depozitariy vazifalarini amalga oshirish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida (172-I-son) · Sana: 22.12.1995 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuzilgan Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining asl nusxalari (tasdiqlangan nusxalari, rasmiy tarjimalari) saqlash uchun ular imzolangan (tasdiqlangan nusxalari, rasmiy tarjimalari depozitariydan olingan) kundan eʼtiboran ikki haftalik muddat ichida Tashqi ishlar vazirligiga topshiriladi, bu hujjatlarning nusxalarini esa ular kuchga kirgan kundan eʼtiboran ikki haftalik muddat ichida Tashqi ishlar vazirligi tegishli vazirliklar va idoralarga yuboradi.
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining asl nusxalarini saqlash tartibini tashqi ishlar vaziri tasdiqlaydi.
Idoralararo shartnomalarning asl nusxalari tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning idoraviy arxivlarida saqlanadi, bu shartnomalarning tasdiqlangan nusxalari ular imzolangan (tasdiqlangan nusxalari, rasmiy tarjimalari depozitariydan olingan) kundan eʼtiboran ikki haftalik muddat ichida Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
Koʻp tomonlama xalqaro shartnomalar depozitariysi vazifalarini, agar mazkur shartnomalarning shartlariga muvofiq bunday vazifa Oʻzbekiston Respublikasiga yuklatilgan boʻlsa, Tashqi ishlar vazirligi bajaradi.
Koʻp tomonlama xalqaro shartnomalarning depozitariysi vazifasini bajaruvchi xorijiy davlat organlari, xalqaro tashkilotlar yoki ularning bosh ijrochi mansabdor shaxslari bilan yozishmalar Tashqi ishlar vazirligi tomonidan olib boriladi.
