28-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha majburiyatlarni bajarish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida (172-I-son) · Sana: 22.12.1995 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va u qabul qilgan majburiyatlarga rioya etilishini taʼminlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini bajarish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi uchun masʼuliyat yuklatiladigan vazirliklar, idoralar va mansabdor shaxslarni belgilaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati, vazirliklar va idoralar, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadigan masalalar vakolat doirasiga kiradigan boshqa davlat organlari shartnoma boʻyicha Oʻzbekiston tomonidan qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlaydilar, bunday shartnomalardan kelib chiquvchi Oʻzbekiston Respublikasiga tegishli huquqlarning amalga oshirilishini va shartnomalar boshqa ishtirokchilarining oʻz majburiyatlarini bajarishini kuzatib boradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
