Advokatlik byurolari, advokatlar hayʼatlari, advokatlik firmalari va advokatlar tomonidan budjetga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida (1330-1-son)
11.06.2007
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 11-iyunda 1330-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2004-yil 29-fevraldagi 41, 66-mh va 2004-29-son qarori bilan tasdiqlangan Advokatlik byurolari, advokatlar hayʼatlari, advokatlik firmalari va advokatlar tomonidan budjetga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (2004-yil 22-mart, roʻyxat raqami 1330 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 12-son, 148-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 4-iyun,
60-son
Adliya vaziri F. OTAXONOV
Toshkent sh.,.,
2007-yil 4-iyun,
20-26-02-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 4-iyun,
2007-28-son
