Elektron tijoratni amalga oshirishda toʻlovlarni oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (120-son)
12.06.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Chakana savdoda elektron tijoratni amalga oshirishda toʻlovlarni oʻtkazish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2007-2008-yillarda elektron tijoratni amalga oshirishda toʻlovlarni oʻtkazish tizimlarini yanada takomillashtirish Tadbirlari rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Tadbirlar rejasida nazarda tutilgan bandlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlasinlar, yilning har choragida Vazirlar Mahkamasiga ularning amalga oshirilishi toʻgʻrisida axborot taqdim etsinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan savdoni elektron tijorat asosida amalga oshirishda elektron toʻlov tizimlaridan foydalanish talablariga rioya qilinishi ustidan nazorat oʻrnatish tavsiya etilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 12-iyun,
120-son
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 12-iyundagi 120-son qaroriga ILOVA
2007-2008-yillarda elektron tijoratni amalga oshirishda toʻlovlarni oʻtkazish tizimlarini yanada takomillashtirish
Tadbirlari rejasi
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 24-son, 251-modda)
