Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qaroriga qoʻshimchalar kiritish haqida (121-son)
13.06.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat axborot resurslarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga kiradigan elektron hujjatlarni jadal shakllantirishga koʻmaklashish va ularning saqlanishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qaroriga 44-ilovaga “Abdullayev A.X. — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bosh direktori” soʻzlari qoʻshilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 13-iyun,
121-son
