Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qaroriga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (118-son)
11.06.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 3-apreldagi PQ-614-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari roʻyxatining ellik oltinchi pozitsiyasiga quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
“Nomi” ustuniga “axborotni texnik va kriptografik muhofaza qilish vositalari” soʻzlari qoʻshilsin;
“TIF TN” ustuniga “8540-:-8540 89 900” raqamlaridan keyin “8543 89 950” raqamlari qoʻshilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 11-iyun,
118-son
