Qimmatli qogʻozlar bozorida depozitariylar faoliyati toʻgʻrisida (672-I-son) · Sana: 29.08.1998 · Amalda
Depozitariylar tizimi Oʻzbekiston Respublikasi hududida ikki bosqichli boʻlib, ular Markaziy depozitariyni va depozitariylarni oʻz ichiga oladi.
Har bir depozitariy davlat roʻyxatidan oʻtib, litsenziya olgandan soʻng vakolatli davlat organi tasdiqlagan tartibda Markaziy depozitariyda vakillik hisobvaragʻini ochishi kerak.
Depozitariylar oʻz deponentlarining Markaziy depozitariy vakillik hisobvaraqlarida jamlab hisobga olib boriladigan naqd boʻlmagan qimmatli qogʻozlariga boʻlgan huquqlar hisobini yuritadilar, shuningdek naqd qimmatli qogʻozlarni saqlashni amalga oshiradilar va ular boʻyicha huquqlar hisobini yuritadilar.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-21077
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 8-modda. Depozitariylar tizimi Qimmatli qogʻozlar bozorida depozitariylar faoliyati toʻgʻrisida (672-I-son). neolex.uz/uz/laws/law-12207/8 (lex.uz/docs/-21077)