Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” OAJning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2007-yil 25-apreldagi PQ-628-son qarori) (108-son)
01.06.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” OAJning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2007-yil 25-apreldagi PQ-628-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1994-yil 9-iyundagi 291-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1996-yil 6-iyundagi 213-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Olmaliq kon-metallurgiya kombinatini aksionerlik jamiyatiga aylantirish toʻgʻrisida” 1997-yil 10-fevraldagi 71-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 1-iyun,
108-son
