Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunining yangi tahririni amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida (168-I-son)
21.12.1995
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Yangi tahrirdagi “Davlat tili haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni (9 va 10-moddalaridan tashqari) eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, “Davlat tili haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9 va 10-moddalari 2005-yilning 1-sentabridan eʼtiboran kuchga kiradi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumatning qarorlarini “Davlat tili haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiqlashtirsin, respublika vazirliklari, idoralari oʻzlarining mazkur Qonunga zid boʻlgan normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlarini taʼminlasin.
4. Oliy Majlisning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi “Davlat tili haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarining ijro etilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1995-yil 21-dekabr,
168-I-son
